Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi qanchaga oshgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi qanchaga oshgani maʼlum boʻldi

2026 yilning I choragida Oʻzbekiston hududida oʻrtacha oylik maosh 6,82 million soʻmni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi hisobotida maʼlum qilingan.

Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi qanchaga oshgani maʼlum boʻldi

Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahri respublika miqyosida eng yuqori maosh toʻlanadigan hudud sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda. Oʻrtacha hisobda poytaxtda 11,7 million soʻm maosh olinmoqda. Keyingi pogʻonani 8,45 million soʻm koʻrsatkich bilan Navoiy viloyati egallagan.

Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi qanchaga oshgani maʼlum boʻldi

Eng past ish haqi Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan boʻlib, u 4,66 million soʻmni tashkil etgan.

Yurtimizda eng yuqori maosh bank, sugʻurta, lizing, kredit hamda vositachilik sohalari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Ushbu yoʻnalishlarda oʻrtacha ish haqi taxminan 18,6 million soʻmni tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi qanchaga oshgani maʼlum boʻldi

Eng past oylik maosh esa qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi tarmoqlarida kuzatilgan — 3,5 million soʻm atrofida. Shu bilan birga, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi xodimlari oʻrtacha 4,11 million soʻm, taʼlim tizimi vakillari esa 4,61 million soʻm maosh olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.