Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Jinping taklifi asosida rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga yetib bordi. Davlat rahbariga rafiqasi ham yo‘ldoshlik qildi.
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
«Binxay» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Xitoy transport vaziri Lyu Vey hamda qator yuqori lavozimli shaxslar tantanali tarzda kutib oldi. Shu munosabat bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul safga tizildi.
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
Tashrif dasturiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida va «SHHT plyus» formatida o‘tadigan sammit sessiyalarida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
Bundan tashqari, prezident Pekin shahrida Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushida mag‘lub etilganiga 80-yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladigan tarixiy harbiy paradda ham ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
Mutaxassislar fikricha, bu tashrif ikki mamlakat munosabatlarini yanada mustahkamlaydi va mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi boshlandi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.