Prezident Buxoro shahrining yangi bosh rejasini ko‘rdi

Prezident Buxoro shahrining yangi bosh rejasini ko‘rdi

Prezidentga Buxoro shahrining rivojlanishi va muhitini takomillashtirishga qaratilgan yangi bosh reja taqdim etildi. Hujjatda shahar muhitini yanada zamonaviy va qulay shaklda tashkil etish, shuningdek, transport va turizm infratuzilmasini kengaytirish va takomillashtirish nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida kongress-xoll, amfiteatr, kutubxona, fud-xoll, chakana savdo va tijorat obyektlari hamda yuqori toifali mehmonxonani o‘z ichiga olgan ko‘p funksiyali tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish rejalashtirilgan.

Bunday reja shaharning madaniy va turizm salohiyatini oshirish, aholi va mehmonlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgani ta’kidlanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.