Saida Mirziyoyeva Ashimbayev bilan hamkorlik istiqbolini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Ashimbayev bilan hamkorlik istiqbolini muhokama qildi

Kecha, 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot ochiq, samimiy va do‘stona ruhda kechdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajada shakllangan o‘zaro ishonch, qo‘shnichilik va yaqin hamkorlikka tayanadigan munosabatlar tobora faol rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Ashimbayev bilan hamkorlik istiqbolini muhokama qildi

Tomonlar, ayniqsa, 2025 yil ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim va samarali bosqich bo‘lganini ta’kidladi. Bu davrda o‘zaro muloqotlar izchillashib, hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari kengaygani alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni yanada jonlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar yo‘nalishda qo‘shma tashabbuslarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar bu sohalardagi imkoniyatlar katta ekani va ulardan to‘liq foydalanish zarurligini qayd etdi.

Saida Mirziyoyeva Ashimbayev bilan hamkorlik istiqbolini muhokama qildi

Yakunda esa ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik kelgusida ham izchil davom etishi, munosabatlar yangi loyihalar va yangi qadamlar bilan boyib borishiga ishonch bildirildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.