Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlanib, Toshkentga qaytdi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 9 may kuni Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amalga oshirgan amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari tashrif davomida G‘alaba kunining 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Xususan, Qizil maydonda o‘tkazilgan harbiy parad va boshqa rasmiy marosimlarda qatnashdi.
Tashrif doirasida Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv ham tashkil etildi. Unda o‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgani ta’kidlandi.
Rasmiy tadbirlar yakunlangach, Prezident Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya rasmiylari tantanali ravishda kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













