O‘zbekistondan doimiy yashash uchun qancha fuqaro ko‘chib ketdi?

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash maqsadida 2 277 nafar fuqaro ko‘chib ketdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga kam.
Ko‘chib ketganlarning eng katta qismi Qozog‘iston va Rossiyaga yo‘l olgan. Xususan, doimiy yashash uchun ketganlarning 80,6 foizi Qozog‘istonni, 16,4 foizi esa Rossiyani tanlagan.
Shuningdek, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarga ko‘chib ketgan fuqarolar ham qayd etilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib ketish Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 727 nafar, Toshkent viloyatida — 637 nafar va Navoiy viloyatida — 511 nafarni tashkil etgan.
Eng past ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 3 nafar bo‘lgan.













