O‘zbekiston energetika sistemalaridan samarali foydalanish reytingida ko‘tarildi

O‘zbekiston energetika sistemalaridan samarali foydalanish reytingida ko‘tarildi
O‘zbekiston energetika sistemalaridan samarali foydalanish reytingida ko‘tarildi

Butunjahon iqtisodiyot forumi bir guruh mutaxassislar bilan hamkorlikda mamlakat iqtisodiy rivojlanishi, ekologiya hamda xavfsizligi uchun energiyadan samarali foydalanish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tahlil qilingan 125 mamlakat ichida O‘zbekiston Vetnam hamda Kot-d’Ivuar orasida joylashib, 78 o‘rinni egalladi. O‘tgan yili O‘zbekiston 84 o‘rinni egallagan edi.

“The Global Energy Architecture Performance Index Report 2015” hisobotiga ko‘ra, tadqiqot vaqtida uch 18 xil ko‘rsatkichlar solishtiriladi. Ular uch guruhga ajratilgan: iqtisodiy rivojlanish, ekologik holat va xavfsizlik hamda energetika xavfsizligi.

O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarni ancha yaxshiladi. Iqtisodiy barqarorlik 0,09 ball, atrof-muhit barqarorligi 0,16 ball, xavfsizlik 0,67 ballga oshdi.

Ro‘yxatning ilk uchligini Shveysariya, Norvegiya hamda Fransiya egallagan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.