Singapurda o‘z-o‘zini boshqaradigan avtobuslar paydo bo‘lishi kutilmoqda

Singapurda o‘z-o‘zini boshqaradigan avtobuslar paydo bo‘lishi kutilmoqda
Singapurda o‘z-o‘zini boshqaradigan avtobuslar paydo bo‘lishi kutilmoqda

SMRT Singapur ijtimoiy transport operatori va 2getthere kompaniyasi hamkorlikda 2getthere Asia korxonasini shakllantirishdi, u Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yo‘lovchilarni robotlashtirilgan avtobuslarda tashish tizimini taraqqiy ettiradi.

Singapurda avtopilotli maxsus elektrik \"podlar\" paydo bo‘lishi kutilmoqda, ulardan \"so‘nggi mil\" transport vositasi sifatida foydalaniladi, ya’ni idoradan avtoturargohgacha yoki metro bekatigacha bir necha kilometr qolganda undan foydalanish mumkin.

2getthere Asia korxonasi 24 nafar yo‘lovchini sig‘diruvchi o‘zgaruvchan salon konfigurasiyasiga ega o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtobus yaratish rejalari bor. Bunday mashinalar berilgan marshrutda bir yo‘nalishda soatiga 8000 nafargacha yo‘lovchini tashishi mumkinligi ko‘zda tutilmoqda.

Yo‘lovchi avtonom transporti soatiga 40 km tezlikda harakatlanishi mumkin. Atrof-muhit va uning o‘zgarishini baholash imkonini beruvchi xavfsizlikning turli tizimlari ko‘rib chiqilgan.

Singapur avtopilotlash texnologiyasiga katta e’tibor qaratmoqda. Kelajakda bunday robotlashtirilgan avtomobillar shahar ko‘chalarida tirbandlik muammosini bartaraf etishiga umid bildirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.