Foto: Toshkentning Sag‘bon ko‘chasida Captiva, Matiz va «Jiguli» ishtirokida avariya yuz berdi


Toshkentning Sag‘bon ko‘chasida 22 may, yakshanba kuni uch avtomobil ishtirokida yo‘l transport-hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)» guruhidagi xabarga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Xabar ilova qilingan suratlarda Captiva’ning orqa tomonidan Matiz, orqa yon tomonidan «Jiguli» kelib urilganini ko‘rish mumkin. Ayni vaqtda, «Jiguli» Matiz’ning yon tomoniga ham zarba bergan.

Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida Matiz haydovchisining boshi yorilgan. Boshqa jabrlanuvchilar va ularning ahvoli haqida aniq axborot yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













