1 maydan jarimalar miqdori oshadi

1 maydan jarimalar miqdori oshadi

Prezidentning «Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingandi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1 -maydan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

Ushbu o‘zgarish bilan bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘mga oshiriladi. Bu esa jarimalar miqdorining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

1-maydan jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi:

  • Kamar taqmaslik - 165 000 so‘m
  • Texnik ko‘rik, aptechka - 165 000 so‘m
  • Hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m
  • Sug‘urtasiz haydash - 330 000 so‘m
  • Qizilda o‘tish - 660 000 so‘m
  • Noto‘g‘ri parkovka - 660 000 so‘m
  • Telefonda gaplashish - 990 000 so‘m
  • Davlat raqam belgisisiz haydash - 1 650 000 so‘m
  • Tezlikni oshirish (20 km/s) - 330 000 so‘m
  • Tezlikni oshirish (20-40 km/s) - 1 650 000 so‘m
  • Tezlikni oshirish (+40 km/s) - 2  970 000 so‘m
  • Qarama-qarshi harakatlanish - 3 300 000 so‘m
  • Mast holda haydash - 8 250 000 so‘m yoki 3 yilgacha «prava»dan mahrum qilish
  • Ruxsatsiz tonirovka - 8 250 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 1-maydan e’tiboran kuchga kiradigan prezident qonuni bilan ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.