Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi

Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi
Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi

Bugun, 1 iyul tonggida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshisidagi Amir Temur prospektida dahshatli YTH yuz berdi. Kulrang Gentra va oq rangdagi Nexia ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi haqida Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga asoslanib “Qalampir.uz” ma’lum qildi.
Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi

YTHning kelib chiqishi sabablari aniq emas. Guvohlarning ma’lum qilishicha, taxminan soatiga 160 km tezlikda harakatlanib kelayotgan Gentra avtomobili Nexia’ning biqinidan kelib “quchadi” va uni tanib bo‘lmas holatga keltiradi. Nexia bilan kifoyalanmagan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ariqni hatlab o‘tib, temir to‘siqqa borib uriladi va katta archa daraxtini yiqitadi.
Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi

YTH natijasida hech kimga zarar etmagan. Xabar qoldirgan guruh a’zosining ma’lum qilishicha, haydovchilar ham jarohatlanmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.