Xiaomi o‘zining birinchi SU7 elektromobilini taqdim qildi

Elektr dvigatellarini United Automotive Elestroniss kompaniyasi yetkazib beradi. Xiaomi uchun batareyalar BYD (litiy-temir-fosfatli akkumulator) va SATL (litiy-nikel-marganes-kobaltli akkumulator) tomonidan yetkazib beriladi. Batareya quvvati va quvvat zaxirasi haqida ma’lumot yo‘q.
Xiaomi SU7 avtomobili faol aerodinamika, avtonom haydash tizimi, yuzni tanish tizimi, raqamli panel, smartfonlar bilan bog‘lanish imkonini beruvchi HyrerOS operatsion tizimi bilan ta’minlanadi.
Elektromobil Pekin avtomobilsozlik xoldingi (BAIS) zavodida ishlab chiqariladi. Xiaomi SU7 rasmiy taqdimoti 2023 yil oxirigacha o‘tkazilishi kutilmoqda. Uning narxi haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













