Chevrolet Trailblazer 2026: dvigatel va narxlar tafsilotlari

Chevrolet Trailblazer 2026: dvigatel va narxlar tafsilotlari
Chevrolet 2026-yilgi Trailblazer krossoveri uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi, deb GM Authority xabar berdi. Uchinchi avlodning oltinchi model yili sifatida taqdim etilgan yangi Trailblazer avvalgi yilga qaraganda $100 arzonlashdi.

2024-yilgi model jiddiy yangilanishlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2025 va 2026-yillardagi o‘zgarishlar unchalik katta emas.

Baza komplektatsiyadagi LS modeli oldingi yuritmali va 1,2 litrli turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, uning narxi $24 295 etib belgilangan. Agar 1,3 litrli dvigatelni tanlasangiz, qo‘shimcha $395 to‘lash kerak bo‘ladi.

To‘liq yuritmali Chevrolet Trailblazer 2026 narxi $26 295 dan boshlanadi.

LT komplektatsiyasida 1,2 litrli motorli versiya $25 495, 1,3 litrli dvigatelli versiya esa $25 890 dan boshlanadi.

2026-yilgi modelning standart komplektatsiyasida 1,2 litrli turbo I3 LBP dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u oldingi 1,2 litrli I3 LIH dvigatelining o‘rnini egalladi. Uning quvvati 137 ot kuchi va 219,6 N·m momentga ega bo‘lib, avvalgi LIH dvigateliga teng. Bundan tashqari, u E85 yoqilg‘isi bilan ishlash imkoniyatiga ega.

Ko‘proq quvvat xohlovchilar uchun 1,3 litrli turbo I3 L3T dvigatel ham mavjud bo‘lib, u 155 ot kuchi va 235,9 N·m moment taqdim etadi. Biroq, L3T dvigateli E85 bilan mos kelmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.