Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi

Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi
Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi avtobus shoxbekatida 16 aprel, payshanba kuni ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

12news.uz’ning YTH guvohlarining so‘zlariga asoslanib xabar berishicha, avariya tong soat 7:33da sodir bo‘lgan.

“50-avtobus qayrilayotganida, 88-avtobus kelib uni yon tomondan urdi. 50-avtobus haydovchisi boshidan jiddiy jarohat olib, shikastlandi, Mercedes rusumidagi 88-avtobus haydovchisi oyog‘idan yengil jarohat oldi”, – dedi hodisa guvohi.

Qayd etishlaricha, Isuzu rusumidagi 50-avtobus haydovchisi xushidan ketgan va “qo‘rqinchli darajada talvasaga tushib qolgan”. Unga imkoni boricha dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga jo‘natilgan.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.