GM o‘z avtomobillaridagi nosozlik holatini yashirgani uchun rekord darajada jarima to‘lashi mumkin

GM o‘z avtomobillaridagi nosozlik holatini yashirgani uchun rekord darajada jarima to‘lashi mumkin
GM o‘z avtomobillaridagi nosozlik holatini yashirgani uchun rekord darajada jarima to‘lashi mumkin

AQSh Yustisiya vazirligi General Motors kompaniyasini ishlab chiqarilgan avtomobillaridagi o‘t oldirish tugmasi bilan bog‘liq nosozliklarni yashirib, qonunbuzarlik qilganini tasdiqladi. Bu haqda The New York Times nashri\'ga asoslanib Kun.uz xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Nyu-York shahri prokuraturasi va FBR xodimlari 1 yildan ortiq vaqt davomida bu masala ustida tekshiruv olib borishgan.

Qayd qilinishicha, avtomobillaridagi shunday nosozlik tufayli 104 kishi halok bo‘lgan.

Endilikda kompaniya belgilanadigan jarima miqdorini kamaytirishga urinib ko‘rishi mumkin. Bungacha, shunday holat uchun 2014 yilda Toyota kompaniyasi 11,2 mlrd dollar miqdorida jarima to‘lagan va bu hozircha rekord natija hisoblanadi.

General Motors hozircha odamlarning o‘limi bilan yuz bergan 77ta YTHda aybdorligini tan olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.