Lada avtomobillari uchun 100 mingdan ortiq masofaviy yangilanishlar chiqarildi

Lada avtomobillari uchun 100 mingdan ortiq masofaviy yangilanishlar chiqarildi

2021-yildan buyon Rossiyada Alisa ovozli yordamchisiga ega «Yandeks Avto» platformasi bilan jihozlangan 200 mingdan ortiq Lada avtomobillari sotildi. 2024-yil holatiga koʻra, Lada Rossiya bozorida Yandeks ekotizimi multimedia tizimiga yagona yechim sifatida integratsiya qilingan yagona ommaviy brend boʻlib qolmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu tizim navigatsiya, musiqa, audiokitoblar, brauzer va aqlli uyni boshqarish funksiyalarini alohida servislar sifatida emas, balki yaxlit majmua koʻrinishida taqdim etadi. Haydovchi yoʻldan chalgʻimagan holda barcha funksiyalarni ovoz orqali boshqarishi mumkin. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, ovozli boshqaruv Lada egalari orasida eng mashhur usulga aylangan — undan foydalanuvchilar ulushi deyarli 97 foizni tashkil etadi.

Butun davr mobaynida Lada avtomobillari 100 mingdan ortiq dasturiy yangilanishlarni masofaviy (OTA) tarzda qabul qilib oldi. Ushbu yangilanishlar tizimga yangi funksiyalar qoʻshish bilan birga, platformaning umumiy barqarorligini oshirishga xizmat qildi.

Hozirda Alisa bilan jihozlangan «Yandeks Avto» tizimi Enjoy Pro va Enjoy Evo multimedia qurilmalariga ega deyarli barcha Lada modellarida mavjud. Bular qatoriga Lada Granta, Vesta, Iskra, Aura, Niva Travel va Largus kabi modellar kiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.