General Motors’ning Peterburgdagi zavodi butunlay yopildi

General Motors’ning Peterburgdagi zavodi butunlay yopildi
General Motors’ning Peterburgdagi zavodi butunlay yopildi

General Motors kompaniyasining Sankt-Peterburgdagi zavodi 1 iyuldan boshlab ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda GM Avto MChJ vakillariga tayangan holda RIA Novosti agentligi ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz.
Shu yilning mart oyida kompaniya Opel brendini Rossiyadan olib chiqib ketishi va Sankt-Peterburgdagi zavodni vaqtinchalik to‘xtatishi haqida ma’lum qilgan edi. Zavodda bir guruh xodimlarning shtati saqlanib qolgan bo‘lib, ular ishdan to‘xtatagan korxonaga qarab turishadi.
Zavodda ming kishi ishlar edi. Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga 7 oklad miqdoridagi paketlar taklif qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.