Mercedes-AMG E63 S universalini qaltis holatda soatiga 200 km tezlikka chiqarishdi (Video)

Mercedes-AMG E63 S universalini qaltis holatda soatiga 200 km tezlikka chiqarishdi (Video)
YouTube saytining GTBoard sahifasi muallifi «kuchaytirilgan» Mercedes-AMG E63 S universalini rul chambaragini ushlamasdan soatiga 200 kilometrgacha tezlikka chiqardi. Buning uchun barcha g‘ildiraklari yetakchi mashina 11,5 soniya vaqt sarfladi.

Mercedes-AMG E63 S 4.0 l V8 biturbomotor bilan jihozlanadi. U 612 ot kuchi bilan ta’minlaydi. Dvigatel 9 bosqichli AMG Sportshift MCT avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi. Universal 100 km/s tezlikka 3,5 soniyada erishadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.