Jaguar elektrokrossoveri Tesla Model X bilan poygada bahslashdi (video)

Jaguar elektrokrossoveri Tesla Model X bilan poygada bahslashdi (video)
Jaguar kompaniyasi I-Race elektrokrossoverini ikkita Tesla Model X bilan taqqosladi. Musobaqa aks etgan videorolik kompaniyaning YouTube‘dagi kanaliga joylangan, deb yozmoqda “Daryo”.

Haydovchilarning vazifasi avtomobillarni 96 km/soat tezlikka chiqarish va keyin to‘xtatish bo‘lgan. Bu ishni tezroq bajargan haydovchi g‘olib chiqqan.

Dastlab Jaguar 75 kilovatt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan Tesla Model X bilan bahsga kirishgan, keyin esa 100 kilovatt/soat sig‘imli batareyaga ega Tesla bilan poyga uyushtirilgan. Ikki holatda ham Jaguar g‘olib chiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.