«Spark» elektromobilga aylantiriladi

«Spark» elektromobilga aylantiriladi
GM Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilayotgan Spark avtomobiliga elektr dvigatel o‘rnatiladi. Bu haqda Xalqaro press klubda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, tez orada Spark avtomobilini elektromobilga aylantirish ishlari boshlanadi. Sentyabr oyida Spark‘ning elektromobil ko‘rinishidagi talqini taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ammo hozircha uning aholi uchun qaysi muddatda yetkazib berilishi aniq emas.

“Elektromobillar narxi qimmat. Uning ishlab chiqarish imkoniyati kompaniyaga bog‘liq. Shu boisdan hozircha, aynan qachon elektromobillarni aholiga yetkazib berish muddatini aniq ayta olmaymiz”, degan yig‘ilish ishtirokchilaridan biri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.