Piskentdagi avtopoligonda turbodvigatelli Malibu test-drayvdan o‘tkazildi (foto)

Piskentdagi avtopoligonda turbodvigatelli Malibu test-drayvdan o‘tkazildi (foto)
Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan avtopoligonda GM Uzbekistan’da modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyaga muvofiq ishlab chiqarilayotgan turbodvigatelli Malibu avtomobilining yangi avlodi namoyish qilindi va test-drayvdan o‘tkazildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Piskentdagi avtopoligonda turbodvigatelli Malibu test-drayvdan o‘tkazildi (foto)
Foto: GM Uzbekistan

Hajmi 2,5 litrlik atmosfera dvigateli o‘rnatilgan oddiy Malibu 186 ot kuchiga ega bo‘lsa, hajmi xuddi shuncha bo‘lgan turbo dvigatel 253 ot kuchi quvvatni beradi. Malibu Turbo 100 kilometr masofa uchun 8,5 litr yoqilg‘i sarflaydi. GM Uzbekistan’dan ma’lum qilishlaricha, mazkur yangi avtomobil uchun tavsiya qilingan yoqilg‘i – Ai-95 markali benzin.
Piskentdagi avtopoligonda turbodvigatelli Malibu test-drayvdan o‘tkazildi (foto)
Foto: GM Uzbekistan
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.