5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)

5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)
Sarsweek.ru portali mutaxassislari 5 ta eng “erkaklarbop” avtomobillar ro‘yxatini tuzishdi. Ulardan har biri e’tiborga loyiqdir.

Ro‘yxatni Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamasi ochib bermoqda. Yaponlar ushbu mashinaning turli modifikatsiyalari va qo‘shimcha opsiyalarini yaratishgan, uning ishonchliligi esa eng muhim jihatlaridan sanaladi deb yozadi Kun.uz nashri.
5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)
Ro‘yxatning keyingi ishtirokchisini eslaganda, ko‘z oldinga darhol toshlar, yo‘lsizlik va shahar halovatsizligidan qochishni keltirasan. Jeep Wrangler yil sayin texnologikroq bo‘lib bormoqda, biroq unda haqiqiy yo‘ltanlamas ruhi hamon saqlanib qolgan.
5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)
Yana bir “amerikalik” – Cadillac Escalade’ni ko‘proq osmono‘par binolar orasida yurganini, orqa o‘rindig‘ida esa qimmatbaho kostyumdagi odam o‘tirganini tasavvur qilish mumkin. Mashinaning katta o‘lchamlari va qimmatbaho jihozlanishi – o‘zini mustahkam qo‘rg‘onda bo‘lgandek his qilishni istovchi smokingdagi erkaklarni jalb qiluvchi jihatlaridir.
5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)
“Jip” deganda Hummer’ni ko‘z oldimizga keltirmaslikning iloji yo‘q. Mashinaning H2 klassik modeli AQSh mashinasozligining bu “ijod mahsulini” ko‘rgan har qanday o‘g‘il bolaning orzusi bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Mashinaning kuchli motori va “keskin” dizayni sizni shubhasiz befarq qoldirmaydi.
5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)
Mercedes-AMG G-Class yoki xalq orasida “gelik” deb ataluvchi yo‘ltanlamasni jiddiylik ramzi deb atash mumkin. U tashqi tomondan ham, ichki tomondan ham avtomobilni nafaqat harakatlanish vositasi deb hisoblaydigan har qanday odamni o‘ziga qaratadi. Kimgadir u juda “qadimiy” bo‘lib ko‘rinishi mumkin, biroq u aynan shu jihati bilan xaridorni jalb qiladi.
5 ta eng “erkakcha” avtomobil ma’lum qilindi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.