Olmaotada Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 avtomobili taqdimoti o‘tkazildi

Olmaotada Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 avtomobili taqdimoti o‘tkazildi
Olmaota shahrida Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 avtomobilining rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

UzAuto Motors boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxabov Ravon R3 Qozog‘iston bozoridagi mahsulotlarning yalovbardori ekanligini ta’kidladi.

- Qozog‘iston bozoridagi hamkorligimiz boshida distribyutorlar bilan ish olib borgandik, endilikda Qozog‘istonda Ravon rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganidan xursandmiz, - dedi u.

Qayd etilishicha, 2019 yilda Qozog‘istonda 16 ming dona Ravon R3 avtomobili yig‘ilishi rejalashtirilgan. Ulardan 6 ming donasi ichki bozorda sotilsa, 10 mingtasi eksport qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.