UzAuto Motors avtomobillari lizing va moliyaviy ijara asosida sotuvga chiqarildi

UzAuto Motors avtomobillari lizing va moliyaviy ijara asosida sotuvga chiqarildi
«O‘zavtosanoat-Lizing» kompaniyasi UzAuto Motors ishlab chiqarayotgan avtomobillarni lizing va moliyaviy ijara asosida xarid qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Lizing va moliyaviy ijara asosida Spark A/T, Nexia A/T, Lacetti 1-pozitsiya/GBO, Tracker, Malibu 1.5 Turbo va Trailblazer rusumli avtomobillarini yillik 18% va 24% foizda olish imkoniyati mavjud.

Lizing va moliyaviy ijara shartlari quyidagicha:

Spark 3 poz A/T:
- boshlang‘ich to‘lov - 35%;
- muddati - 24 oy;
- foiz stavka - yillik 24% (asosiy qarz qoldig‘iga hisoblanadi).
yoki
- boshlang‘ich to‘lov - 50%;
- muddati - 24 oy;
- foiz stavka - yillik 18% (asosiy qarz qoldigiga hisoblanadi).

Nexia 3 poz A/T:
- boshlang‘ich to‘lov - 35%;
- muddati - 24 oy;
- foiz stavka - yillik 24% (asosiy qarz qoldig‘iga hisoblanadi).
yoki
- boshlang‘ich to‘lov - 50%;
- muddati - 24 oy;
- foiz stavka - yillik 18% (asosiy qarz qoldig‘iga hisoblanadi).

Lacetti 1 poz/GBO
- boshlang‘ich to‘lov - 35%;
- muddati - 30 oy;
- foiz stavka - yillik 24% (asosiy qarz qoldig‘iga hisoblanadi).
yoki
- boshlang‘ich to‘lov - 50%;
- muddati - 24 oy;
- foiz stavka - yillik 18% (asosiy qarz qoldig‘iga hisoblanadi).
«O‘zavtosanoat-Lizing» xabarida Tracker M/T, A/T, Malibu 1,5 Turbo va Trailblazer avtomobillarini olish shartlari ham keltirilgan.
Aksiya 2020 yil 20 aprel kunigacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.