O‘zbekistonliklar 8 oy davomida nechta elektromobil import qilishgan?

O‘zbekistonliklar 8 oy davomida nechta elektromobil import qilishgan?
2020 yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 50 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSH dollari sarflangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.