BMW o‘ta noodatiy eshiklarni patentladi (foto)

BMW o‘ta noodatiy eshiklarni patentladi (foto)
Foto: CarBuzz
BMW kompaniyasi orqa eshiklar uchun ikkita nostandart konstruksiya chizmalarini patentladi. Tasvirlarga ko‘ra, mexanizmlar konfiguratsiyasi gidravlik yoki elektr uzatmani o‘z ichiga olgan, shuningdek, eshiklar avtomobilning orqa tom qismi bilan birga ochiladi. Ikkala variant ham yo‘lovchilarning 2- va 3-qatordagi o‘rindiqlarga qulay o‘tirishini ta’minlaydi, deb xabar beradi Motor.

E’lon qilingan eskizlarda kompaniya hech qanday noodatiy jihatga ega bo‘lmagan yo‘ltanlamasni ko‘rsatgan. Ammo avtomobilga yuqoridan qaralsa, oddiy orqa eshik mashina tomining bir qismi bilan ochilayotganini ko‘rish mumkin. Ikkinchi patentda esa shift qismga joylashtiriladigan gidravlik yoki elektr mexanizm orqa eshiklar ochilgan vaqtda tomning yon qismini avtomatik ravishda markazga surishi tasvirlangan.
BMW o‘ta noodatiy eshiklarni patentladi (foto)
Foto: DPMA
Ikkala holatda ham yangi eshiklar orqa ikki qatordagi yo‘lovchilarning salonga tushib-chiqishida qo‘shimcha qulaylik yaratdi. Shu bilan birga, innovatsion mexanizmlar krossover va yo‘ltanlamaslardan ko‘ra, past bo‘yli yengil mashinalarga ko‘proq qo‘l kelishi mumkin. Bu kabi konfiguratsiya muhandislar qo‘shimcha elementlar o‘rnatishni talab qiladi va tabiiyki, transport vositasining og‘irligi oshadi.
BMW o‘ta noodatiy eshiklarni patentladi (foto)
Foto: DPMA
BMW o‘ta noodatiy eshiklarni patentladi (foto)
Foto: DPMA
Bavariya markasi suriladigan va ko‘tariladigan mexanizmlar bilan o‘zining seriyali modellarini jihozlash yoki jihozlamasligi hozircha noma’lum. Bugungi kunda shu kabi eshik faqatgina BMW i8 gibridiga o‘rnatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.