O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma’lum qilindi
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p.

So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni quyidagicha:
2015 yilda – 2 109 185 ta;
2016 yilda – 2 191 231 ta;
2017 yilda – 2 273 419 ta;
2018 yilda – 2 440 276 ta;
2019 yilda – 2 580 133 ta;
2020 yilda – 2 955 295 ta.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 36 667 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan. 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.