Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi

Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi
Foto: Autoevolution
Los-Anjeles shahri yaqinida Madonnaga tegishli hashamatli uy sotuvga qo‘yildi. Koshona 1244 metr kvadratli ulkan yer maydonidan tashqari, ochiq basketbol maydonchasi va shaxsiy fitnes-klubga, shuningdek, pop-qo‘shiqchi o‘zining beshta avtomobilini saqlaydigan o‘ziga xos garajga ega. Mazkur turar joy kompleksi 25,995 million dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Sotuvga qo‘yilgan uyning birinchi egasi amerikalik hip-hop qo‘shiqchi The Weekend bo‘lgan. Uning buyurtmasiga ko‘ra dizaynerlar eksklyuziv garajni loyihalashtirgan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida beshta avtomobil uchun ko‘rgazma maydonchasi vazifasini bajaradi. Bino shisha polli yoritgichlar bilan jihozlangani sabab uni istalgan rangga kiritish mumkin. Bundan tashqari, har bir transport vositasi uchun alohida shaffof darvozalar nazarda tutilgan.
Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi
Foto: Autoevolution
Koshona hududida 9 ta yotoqxona, 11 ta yuvinish xonasi, shuningdek, bar, fitnes-markaz va kinoteatrga ega uchta uy joylashgan. Shu bilan birga, Madonna ixtiyorida shaxsiy vino ombori, basketbol maydonchasi va yana bitta ochiq avtoturargoh mavjud.
Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi
Foto: Autoevolution
Amerikalik xonanda qo‘shimcha turar joy kompleksini bir yillar oldin 19,3 million dollarga sotib olgandi. Endilikda esa Madonna koshonani qariyb 26 million dollarga sotish niyatida.
Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi
Foto: Autoevolution
Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi
Foto: Autoevolution
Madonna futuristik garajga ega hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi
Foto: Autoevolution
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.