Evrokengash Ukrainaga 2,1 mlrd evro mablag‘ ajratmoqchi

Evrokengash Ukrainaga 2,1 mlrd evro mablag‘ ajratmoqchi
Evrokengash Ukrainaga 2,1 mlrd evro mablag‘ ajratmoqchi

Evrokengash Ukrainaga beriladigan moddiy yordam pulini 2,1 mlrd evroga oshirishi mumkin, deb yozmoqda UNIAN xabar bermoqda.

Bu haqda Evropa Ittifoqining kengayish va qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari Yogannes Xan ma’lum qildi.

“Joriy yilda biz Ukraina iqtisodini rivojlantirish uchun unga beriladigan moddiy yordam miqdorini 2,1 mlrd evrodan ko‘proq mablag‘ ajratish imkonini ko‘rib chiqishni hal qilamiz”, – deb ta’kidladi Xan.

Avvalroq Evrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Evrokengash Ukrainaga 1,8 mlrd evro ajratmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.