“Rossiya butun dunyoni garovga olmoqda” – Germaniya tashqi ishlar vaziri

Foto: DPA
Rossiya \"butun dunyoni garovga olmoqda\", dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xalqaro oziq-ovqat konferensiyasi ochilishi oldidan. U yana bir bor Moskva \"ongli ravishda ocharchilikdan qurol sifatida foydalanayotgani\"ni ta’kidladi.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 345 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda. Oziq-ovqat inqirozi \"xatarli to‘lqin\"ga aylanmoqda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi esa \"bu to‘lqinni sunamiga aylantirmoqda\".
Uning ta’kidlashicha, Rossiya oziq-ovqat narxlari keskin o‘sishida aybni boshqalarga ag‘darishga urinmoqda.
\"Muammoni yechishning yangi yo‘llarini topish, xususan, Ukrainadan quruqlik va daryolar orqali oziq-ovqat eksportini jadallashtirish kerak\", - dedi Annalena Berbok.
Berbokning ma’lumot berishicha, xalqaro oziq-ovqat konferensiyasida 40dan ortiq davlat vazirlari, BMT, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Konferensiya 26-28 iyun kunlari o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiya \"butun dunyoni garovga olmoqda\", dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xalqaro oziq-ovqat konferensiyasi ochilishi oldidan. U yana bir bor Moskva \"ongli ravishda ocharchilikdan qurol sifatida foydalanayotgani\"ni ta’kidladi.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 345 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda. Oziq-ovqat inqirozi \"xatarli to‘lqin\"ga aylanmoqda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi esa \"bu to‘lqinni sunamiga aylantirmoqda\".
Uning ta’kidlashicha, Rossiya oziq-ovqat narxlari keskin o‘sishida aybni boshqalarga ag‘darishga urinmoqda.
\"Muammoni yechishning yangi yo‘llarini topish, xususan, Ukrainadan quruqlik va daryolar orqali oziq-ovqat eksportini jadallashtirish kerak\", - dedi Annalena Berbok.
Berbokning ma’lumot berishicha, xalqaro oziq-ovqat konferensiyasida 40dan ortiq davlat vazirlari, BMT, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Konferensiya 26-28 iyun kunlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













