Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Ukrainada urushning 134-kuni o‘tdi. 7 iyul kuni rossiyalik harbiylar ukrain shaharlaridagi aholi turar joy mavzelarini yana o‘qqa tutdi. Slovyansk va Kramatorskda ko‘plab binolar shikastlangan, qurbonlar va yaralanganlar bor. Rossiyada prokuratura moskvalik deputat, urushni urush deb atagan Aleksey Gorinov uchun yetti yillik qamoq jazosi so‘radi. Ukrain harbiylari Ilon oroliga davlat bayrog‘ini qaytarishdi, RF mudofaa vazirligi esa orolga raketa zarbasi yo‘llanib, bu yerga kelgan ukrain harbiylarining bir qismi yo‘q qilingani, qolganlar qochib ketganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi janglarda tanaffus boshlangani, «harbiy imkoniyatlarni to‘ldirish» jarayoni ketayotganini e’lon qildi.

Quyida 7 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli
Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Ukrain harbiylari Donbassdagi front chizig‘ida «Uragan» raketa tizimidan o‘t ochmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorsklik yarador kishi vayron bo‘lgan kvartirasi polida yotibdi. Uning uyi Rossiya tomonidan uchirilgan raketalardan shikastlangan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW)ga ko‘ra, Rossiya armiyasi qo‘shinlarni qayta to‘plash va Slovyansk yoki Kramatorskka hujum qilish uchun «operativ tanaffus» olgan.
Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Rossiyaning Kramatorskka raketa hujumidan keyin hosil bo‘lgan o‘rani tekshirmoqda. Ushbu hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi yaralandi. Foto: Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Kramatorskdagi kvartallarda rossiyaliklar hujumidan keyingi vaziyat
Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Donetsk oblasti hududidagi qishloqda otishmalardan keyin boshlangan yong‘in
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
«LXR»da asir olingan ukrainalik askar, Starobelskiy rayoni.
Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
«LXR»ning Starobelskiy rayonnida noma’lum ukrainalik askarlarning dafn etilishi.
Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Asir tushgan ukrain askarlari «LXR»ning Starobelskiy rayonida o‘z safdoshlarining jasadlarini dafn etishmoqda
Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
O‘t o‘chiruvchilar Donetsk oblasti Kramatorsk shahriga berilgan zarbadan keyin avtomobildagi yong‘inni o‘chirmoqda
AP Photo/Nariman El-Mofty

Ilon oroli
Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Foto: «Zґard» bo‘linmasi
Ukrain nashrlari 7 iyul kuni erta tongda Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari mamlakat bayrog‘ini Ilon oroliga o‘rnatgani aks etgan suratlarni tarqatdi. Bayroqda Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi hamda Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbarining imzolaridan tashqari shunday bitik ham bor: ««Rus harbiy korabli, yodda tut, Zmeyiniy oroli — bu Ukraina». Bunga javoban Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya harbiy-kosmik kuchlari «yuqori aniqlikdagi raketa zarbasi bilan ukrain harbiylarining bayroqni Zmeyiniy oroliga yetkazishga urinish barbod qilingani» haqida ma’lum qildi. Bir hafta oldin rossiyaliklar garnizoni oroldan «yaxshi niyatda» olib ketilgandi.
Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Ukrainian Defence Ministry Press Office via AP
Xarkiv
Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Xarkiv aholisi vakili Rossiya raketa zarbasidan shikastlangan ko‘p qavatli uydagi o‘z kvartirasi balkonidan qaramoqda. Rossiya qo‘shini Xarkivdagi tinch aholi vakillari yashaydigan kvartallarga hujum qilishda davom etmoqda, 7 iyul kuni uch kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Xarkivlik kishi rossiyalik harbiylar zarbasi oqibatida halok bo‘lgan rafiqasi bilan vidolashmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Feldsherlar raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan xarkivlik ayol jasadini olib ketishmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Xarkivlik kishi shahar o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan ayol jasadi yonida
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada urushning 134-kuni: Xarkiv va Kramatorskda aholi orasida yangi qurbonlar (foto)
Xarkivdagi turar joy mavzesida Rossiya harbiylari zarbasidan keyin snaryad parchalarini tekshirayotgan ukrain politsiyachilari
AP Photo/Evgeniy Maloletka
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.