Eng yosh uchuvchi olti oyda dunyoni aylanib chiqdi

Eng yosh uchuvchi olti oyda dunyoni aylanib chiqdi
Foto: Ahmedabad Airport / Twitter
Belgiyalik Mak Ruterford dunyoni samolyotda aylanib chiqqan eng yosh uchuvchi bo‘ldi.

Mak sayohatini mart oyida Bolgariya g‘arbidagi Kondofrey qishlog‘i yaqinidagi aeroportda boshlagandi va 24 avgust kuni yana shu yerga qaytib keldi. U parvozini boshlagan vaqtda 16 yoshdan o‘tgandi.

2021 yilda Makning 19 yoshli opasi Zara Ruterford dunyoni yengil samolyotda aylanib chiqqan eng yosh uchuvchi ayol bo‘lgandi.

Ruterford Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.