Britaniya mudofaa vaziri: «Putin Rossiyaning super kuch emasligini endigina angladi»

Foto: «Standart»
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Evening Standard nashriga bergan intervyusida Rossiya rahbariyatining noprofessionalligi va strategik noto‘g‘ri hisob-kitoblari tufayli ruslar Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrayotganini aytdi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya rahbariyati o‘zi yaratgan shov-shuvlarga ishonib qolgan. Paradlarda tanklar kolonnalarini kuzatib, o‘zini yengilmas deb hisoblagan».
«Super kuchlar ko‘plab urushlarda mag‘lub bo‘ldi: SSSR Afg‘onistonda, AQSH Vetnamda. Katta davlatlar bir necha bor qo‘shnisidan yoki boshqa davlatdan mag‘lubiyatga uchrashga majbur bo‘lgan. Lekin asosiysi shu. Putin (Rossiya) super davlat emasligini endigina anglab yetdi», — dedi Uolles Rossiyadek super davlat urushda yutqazishi mumkinmi degan savolga javoban.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Evening Standard nashriga bergan intervyusida Rossiya rahbariyatining noprofessionalligi va strategik noto‘g‘ri hisob-kitoblari tufayli ruslar Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrayotganini aytdi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya rahbariyati o‘zi yaratgan shov-shuvlarga ishonib qolgan. Paradlarda tanklar kolonnalarini kuzatib, o‘zini yengilmas deb hisoblagan».
«Super kuchlar ko‘plab urushlarda mag‘lub bo‘ldi: SSSR Afg‘onistonda, AQSH Vetnamda. Katta davlatlar bir necha bor qo‘shnisidan yoki boshqa davlatdan mag‘lubiyatga uchrashga majbur bo‘lgan. Lekin asosiysi shu. Putin (Rossiya) super davlat emasligini endigina anglab yetdi», — dedi Uolles Rossiyadek super davlat urushda yutqazishi mumkinmi degan savolga javoban.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













