Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)

Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)
Shavkat Mirziyoev Misrda boʻlib oʻtayotgan rasmiy tashrifi davomida Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi.
Buyuk olim, astronom, matematik va geograf Ahmad Fargʻoniy Bagʻdod, Damashqda yashagan. 856 yildan boshlab esa umrining soʻnggi kunlarigacha Qohirada yashabilm-fan bilan shugʻullangan.
Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)
Shavkat Mirziyoev Al-Fargʻoniy merosi bilan tanishib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi
© Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati

\"Ahmad Fargʻoniy koʻplab muhim kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 861 yilda Nil daryosidagi Ravza orolida suv sathini oʻlchaydigan inshoot barpo ettirgan. “Miqyos an-Nil” nomi bilan mashhur bu qurilma qishloq xoʻjaligi va iqlimni baholashda juda muhim boʻlgan. Qariyb 1200 yil davomida inshootdan oʻtgan asrgacha uzluksiz foydalanilgan. Bugungi kunda esa u turistik maskanga aylantirilgan\", - deyiladi xabarda.
Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)
Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)
Shavkat Mirziyoev Ahmad Fargʻoniyga haykali poyiga gulchambar qoʻyib, vatandosh mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shundan soʻng prezident Miqyosi Nil inshootini koʻzdan kechirdi, uning tarixi va ulugʻ allomaning merosi haqida mahalliy olimlar bilan suhbatlashdi.
Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)
Prezident Misrda Ahmad Fargʻoniy merosini ziyorat qildi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.