Putin Alisher Usmonovni xayr-saxovati uchun mukofotladi


Rossiyalik biznesmenlar Alisher Usmonov, Viktor Vekselberg va Aleksey Mordashov “Xayr-saxovat uchun” ordeni bilan taqdirlandi, deb yozadi “Daryo”. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi.
Farmonda ta’kidlanishicha, USM Holdings asoschisi va bosh aksiyadori Alisher Usmonov, “Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg va “Severstal” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov “xayriya va jamoatchilik faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi” uchun mukofotlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













