Kolumbiyada 4 nafar bola samolyot halokatidan 16 kun o‘tgach tirik topildi

Kolumbiyada 4 nafar bola samolyot halokatidan 16 kun o‘tgach tirik topildi
Kolumbiyada 4 nafar bola samolyot halokatidan 16 kun o‘tgach tirik topildi
Foto: API Week
Kolumbiya qurolli kuchlari Kaketa departamenti o‘rmonzorlarida halokatga uchragan Cessna 206 samolyotida bo‘lgan 4 nafar bolani topishga muvaffaq bo‘ldi.
 
«Biz Guaviardagi aviahalokatda bedarak yo‘qolgan to‘rt nafar bolani tirik holda topdik. Bu mamlakatimiz uchun quvonchli xabar», deb yozdi prezident Gustavo Petro ijtimoiy tarmoqda.
Kolumbiyada 4 nafar bola samolyot halokatidan 16 kun o‘tgach tirik topildi
1 may kuni Cessna 206 samolyoti parvoz paytidagi favqulodda holat haqida signal berdi. Shundan so‘ng, halokatga uchradi va 370 soatlik qidiruvdan keyin topildi. Samolyot bortida jami 7 kishi bo‘lgan. Ularning 3 nafari halok bo‘lgan.
 
15 may kuni harbiylar samolyot bo‘laklari va uning yonida meva qoldiqlari, bolalar ovqati uchun idish va boshqa narsalarni topgan. Shundan keyin, qidiruv natijasida bolalarni ham topishga muvaffaq bo‘lishgan.
 
Semana jurnalining yozishicha, samolyot halokatidan omon qolgan 13 yoshli qiz o‘rmonda boshpana qurgan va 11 oylik chaqaloq, to‘rt yoshli va to‘qqiz yoshli ukalariga qarab turgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.