Xitoy portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi

Xitoy portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
\"\"
Foto: “O‘ztemiryo‘lkonteyner” matbuot xizmati

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, maishiy texnika yuklari (muzlatkich, kir yuvish mashinasi, gaz plitalari) ortilgan konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Bander-Abbas portiga olib kelinadi hamda Eronning Bander-Abbas portida temiryo‘l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keladi.

39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi Bander-Abbas portidan Sergeli stansiyasigacha 14 kunda yetib kelishi belgilangan.

Hozirda konteyner poyezdi O‘zbekiston hududiga o‘tgan bo‘lib, 25-iyun kuni Toshkent shahriga yetib kelishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.