Tramp agar yana prezident etib saylansa, Baydenni hibsga olishiga shama qildi

Tramp agar yana prezident etib saylansa, Baydenni hibsga olishiga shama qildi

Foto: Reuters

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda qayta saylansa, siyosiy dushmanlarini qamoqqa tashlashga va’da berdi.

Shu bilan birga, u Baydenni ana shunday raqiblardan biri deb bilishiga shama qildi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Jurnalist Trampdan prezidentlik paytida Hillari Klintonni hibsga olmaganidan afsusdami- yo‘qmi, shuningdek, yana prezident bo‘lsa, hozirgi “siyosiy dushmanlari”ni qamab qo‘yadimi yoki yo‘qmi, deb so‘radi. Tramp bunga ijobiy javob qaytardi.

Javobim shunday: mening boshqa ilojim yo‘q, chunki ular menga nisbatan shunday qilishyapti”, — dedi sobiq prezident.

Tramp, shuningdek, AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenni o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga aloqador deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.