Xitoyda “Nepartak” to‘foni sababli 69 kishi halok bo‘ldi


Xitoyga “Nepartak” to‘fonining yopirilishi natijasida Futsyan provinsiyasida halok bo‘lganlar soni 69 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”
Avvalroq bu to‘fon oqibatida halok bo‘lganlar soni 21tani tashkil qilganligi to‘g‘risida xabarlar berilgandi. Minsin uezdining o‘zida 60 kishi halok bo‘lgan.
To‘fon mamlakatga 1,5 milliard dollar zarar keltirgan. 20 ming gektar ekin maydoni suv bilan yuvilib ketganligi aniqlangan. 233 muassasaning faoliyati to‘xtatilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













