Erdo‘g‘on odamlarni maydonlarga chiqishga chorladi


Turk telekanallaridan biri, mamlakatdagi hokimiyat armiya tomonidan qo‘lga olingani e’lon qilinganidan so‘ng, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan FaceTime servisi orqali bog‘lanib, intervyu oldi.
Reuters’ning Erdo‘g‘on intervyusidan keltirayotgan iqtibosiga ko‘ra, prezident mazkur to‘ntarishga urinish armiyadagi ozchilik tomonidan amalga oshirilgan, deb hisoblaydi.
O‘z navbatida, u turkiyaliklarni maydonlar va aeroportlarga chiqishga chorlagan.
Qayd etish joiz, Erdo‘g‘onning o‘zi qayerda ekani noma’lum. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada internet qisman ishlamayapti.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













