AQSH yolg‘on axborot tufayli Rossiya-Ukraina voqealari qanday ketayotganidan bexabar

Oq uy Ukrainaga tobora xavfli qurollarni uzatmoqda. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Rey Makgovern ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
\"Prezident (AQSH - tahrir) biz Ukrainaga ko‘proq o‘q-dorilarni berishimiz kerakligini aytdi. Ammo bizda 155 mm artilleriya snaryadlari tugadi. Keyin hukumat ularga kassetali o‘q-dorilar berishimiz mumkinligini aytdi. Hozir nima bo‘lyapti? Biz ularga (Ukraina - tahrir) uranli snaryadlarni beramiz. Keyingi qadam qanday? Biz ularga yadro qurollarini beramizmi?\", - dedi u.
Makgovern har qanday holatda ham Amerika xalqi hamma narsaga rozi bo‘lishidan noroziligini bildirdi, chunki odamlar G‘arb ommaviy axborot vositalarining doimiy yolg‘onlari tufayli Rossiya-Ukraina jabhasida voqealar qanday ketayotganidan bexabar.
\"Amerikaliklar hamma narsaga rozi bo‘lishadi, chunki ular kam biladilar. <…> Ular bizga ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etishadi\", - deya xulosa qildi ekspert.













