Otishma haqidagi xabardan so‘ng Olmaota aholisiga uydan chiqmaslik tavsiya etildi

Otishma haqidagi xabardan so‘ng Olmaota aholisiga uydan chiqmaslik tavsiya etildi
Otishma haqidagi xabardan so‘ng Olmaota aholisiga uydan chiqmaslik tavsiya etildi

Qozog‘istonning Olmaota shahri favqulodda vaziyatlar xizmati OAVda guvohlarning shaharda otishma ovozlarini eshitishgani to‘g‘risida xabarlar tarqalganidan so‘ng, shahar aholisiga uylaridan tashqariga chiqmasliklarini tavsiya qildi, deb yozmoqda \"Kun\" nashri.

18 iyul tongida Qozog‘istondagi ommaviy axborot vositalari Olmaota markazida joylashgan Almalinsk tumani ichki ishlar bo‘limi atrofida otishma ovozlari eshitigani haqida xabar tarqatgan edi.

Tengrinews.kz portali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Almalinsk tumani IIB atrofi o‘rab olingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni binodagi xodimlar ofisdan chiqmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.