Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga yetib bordi
\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifning birinchi manzili — Qozon shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston raisi Rustam Minnixanov kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati
\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ertaga, 6-oktyabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2022-yil 7-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.