Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xodimining mashinasi portlatildi

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xodimining mashinasi portlatildi
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xodimining mashinasi portlatildi

Qirg‘iziston poytaxtining janubi-g‘arbidagi O‘rtasoy qishlog‘ida mahalliy vaqt bilan soat 8:45da Respublika Bosh prokuraturasi xodimining mashinasi portlatildi. Bu haqida nazorat organining matbuot xizmati xabariga tayanib, \"Kun\" nashri ma’lum qilmoqda.

Jabrlanuvchi Erkin Kurmanaliev Bosh prokuraturaning ichki tergov bo‘limida katta prokuror lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyda tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.