Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)

Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)
Foto: Ukraina prezidenti Telegram kanali
Rossiya va Ukraina yangi asirlar almashinuvini amalga oshirdi, har ikki tomondan 100 nafardan askar uyga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

Zelenskiy vataniga qaytgan ukrainaliklarning aksariyati Mariupol va “Azovstal” metallurgiya zavodini himoya qilganini aytib, shu kungacha 3135 nafar ukrainalik Rossiya asirligidan ozod etilganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)
Foto: Ukraina prezidenti Telegram kanali
Ozod qilingan rus askarlari “tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun” Moskvaga olib ketilgan. Birlashgan Arab Amirliklari yana vositachi sifatida qatnashgan. Asirlar almashinuvi Rossiyaning Ukrainaga raketa va dron hujumlarini davom ettirayotgan bir paytda amalga oshmoqda.
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)
Foto: Ukraina prezidenti Telegram kanali
“Yana 100 nafar ukrainalik uylarida. Milliy gvardiya, chegarachilar, Ukraina qurolli kuchlari. Ko‘pchilik Mariupol himoyachilaridir. Hammasi o‘zimiznikilar, hamma yana ona yurtida”, — deydi Zelenskiy.
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)
Foto: Ukraina prezidenti Telegram kanali
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi (foto)
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.