Turkiyada to‘ydagi terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi


Turkiyaning G‘aziantep shahridagi to‘yda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 kishigacha etdi, 94 kishi yaralandi. Bu haqda \"Kun\" xabar bermoqda.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Shimshek hujumni terrorchi-xudkush amalga oshirganini ma’lum qildi. Hukumat vakillari ushbu teraktni ham Kurdiston ishchi partiyasi, ham IShID jangarilari amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













