Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi
Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

Italiyaning markaziy qismida 6,1 balli zilzila qayd etildi. Evropaning EMSC seysmologiya markazi bergan xabarga ko‘ra, zilzila epimarkazi L’Akuila shahridan 48 km shimolda, mamlakat poytaxti Rim shahridan 116 km shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Zilziladan eng ko‘p darajada Amatriche shahri talofat ko‘rgan. Shahar meri Serjio Pirossining ma’lum qilishicha zilzila jiddiy vayronagarchiliklarga olib keldi, odamlar binolar xarobalari ostida qoldi.

«Shaharga olib boradigan va u erdan olib chiqadigan ko‘chalar to‘silgan. Shaharning yarmi yo‘q bo‘lib ketdi. Odamlar vayronalar ostida qoldi… Er o‘pirilishi ro‘y berdi, ko‘prik qulab tushgan bo‘lishi mumkin», — degan Pirossi.
Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, er silkinishlari kuchi 6,2 ni tashkil qilgan.
Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

Zilzilani mamlakatning boshqa ko‘plab shaharlar, jumladan, Rim aholisi ham yaqqol sezgan.

\"Hayotimdagi eng dahshatli lahza. Karovatim qimirlaganida uyqudan uyg‘onib ketdim. Bu zilzila edi Rim!\", deya yozgan tvitter foydalanuvchilaridan biri.

Zilziladan jabr ko‘rgan shaharlar qatorida — Akkumoli, Amatriche, Posta va Arkuata-del-Tronto shaharlari bor. Tong otishi bilanoq bu hududlarga vertolyotlar jo‘natildi va zarar ko‘lamini hisoblash boshlandi.
Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

Ma’lumot uchun, L\'Akuila viloyatida 2009 yilda ry bergan qator zilzilalar oqibatida 300 kishi halok bo‘lgan, minglab binolar xarobaga aylangandi.
Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi

Italiyada 6,1 balli zilzila. Amatriche shahri vayron bo‘ldi


Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.