Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyadan Turkiyaga ekstraditsiya qilindi

Foto: Sergey Savostyanov / TASS
Turkiyada mehmonxona egasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Hasanjon Aminov Rossiyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Turkiya huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Aminov sherigi bilan Istanbuldagi mehmonxonada ishlagan va 2019 yil iyul oyida uning egasini o‘ldirib, mamlakatni tark etgan. U Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan va faqat 4 yildan keyin Qozon shahrida hibsga olingan.
2023 yil dekabr oyida Rossiya Bosh prokuraturasi Turkiyaning qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. 15 mart kuni Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Aminovni Moskvaning Vnukovo aeroportida turkiyalik hamkasblariga topshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Turkiyada mehmonxona egasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Hasanjon Aminov Rossiyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Turkiya huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Aminov sherigi bilan Istanbuldagi mehmonxonada ishlagan va 2019 yil iyul oyida uning egasini o‘ldirib, mamlakatni tark etgan. U Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan va faqat 4 yildan keyin Qozon shahrida hibsga olingan.
2023 yil dekabr oyida Rossiya Bosh prokuraturasi Turkiyaning qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. 15 mart kuni Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Aminovni Moskvaning Vnukovo aeroportida turkiyalik hamkasblariga topshirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













