Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi

Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi
Foto: Reuters
Rossiya 21 mart kuni Ukraina poytaxti Kiyevga raketa zarbalari berdi, natijada kamida 10 kishi jarohatlandi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari barcha raketalarni tutib olsa-da, turar joy binolari va sanoat obyektlariga zarar yetdi.

Kiyevga zarba so‘nggi haftalarda kuzatilgan eng yirik hujum sanaladi. Shahar ham ballistik, ham qanotli raketalar bilan nishonga olingan.
Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi
Foto: Reuters
\"44 kunlik tanaffusdan keyin dushman Kiyevga yana raketa hujumini uyushtirdi. Barcha favqulodda xizmatlar joyida ishlamoqda. Raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda\", — dedi Kiyev harbiy administratsiyasi rahbari Sergey Popko.
Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi
Foto: Kiyev shahar harbiy administratsiyasi
Shahar meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, butun shahar bo‘ylab kamida 10 kishi jarohatlangan. Kasalxonaga olib ketilgan ikki kishi orasida 11 yoshli qiz ham bor.
Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi
Foto: Kiyev shahar harbiy administratsiyasi
\"Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning poytaxtga qaratilgan barcha 31 ta raketasini urib tushirgan\", — dedi havo kuchlari qo‘mondoni.
Popkoning aytishicha, rossiyalik harbiylar strategik bombardimonchi samolyotlardan foydalangan. Havo hujumidan ogohlantirish tizimi deyarli uch soat davom etgan.
Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi
Foto: Reuters
Klichkoning aytishicha, raketa qoldiqlari bir nechta turar joy binolari, sanoat obyektlari va bolalar bog‘chasiga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.