Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi: Agar AQSH Eronga qarshi hujumlarda ishtirok etsa, qattiq pushaymon bo‘ladi

Foto: Google Images
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida aytilishicha, agar AQSH Eron manfaatlariga qarshi hujumlarda ishtirok etsa, qattiq pushaymon bo‘ladi va qat’iy javob oladi.
“AQSHning hukumati ogohlantiriladiki, Eron manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday yordam yoki ishtirok AQSHning qattiq pushaymonligiga va harbiylarning keskin javobiga sabab bo‘ladi”, - deya iqtibos keltiradi Eron davlat axborot agentligi IRNA korpus bayonotidan.
Avvalroq Eron tomonidan Isroil hududiga yuzlab dronlar va raketalar hujumi uyushtirilgani xabar berilgandi. AQSH prezidenti Jo Bayden dam olish kunini erta yakunlab, Oq uyga qaytgan va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefonda suhbatlashgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning hujumlari AQSH harbiy kuchlariga qaratilmagan bo‘lib, asosiy nishon Isroil obyektlari bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida aytilishicha, agar AQSH Eron manfaatlariga qarshi hujumlarda ishtirok etsa, qattiq pushaymon bo‘ladi va qat’iy javob oladi.
“AQSHning hukumati ogohlantiriladiki, Eron manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday yordam yoki ishtirok AQSHning qattiq pushaymonligiga va harbiylarning keskin javobiga sabab bo‘ladi”, - deya iqtibos keltiradi Eron davlat axborot agentligi IRNA korpus bayonotidan.
Avvalroq Eron tomonidan Isroil hududiga yuzlab dronlar va raketalar hujumi uyushtirilgani xabar berilgandi. AQSH prezidenti Jo Bayden dam olish kunini erta yakunlab, Oq uyga qaytgan va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefonda suhbatlashgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning hujumlari AQSH harbiy kuchlariga qaratilmagan bo‘lib, asosiy nishon Isroil obyektlari bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













